2020 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

2020 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta’minlash maqsadida:

1. 2020 yilda 23 mart – dushanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilansin.

2. 2020 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirilsin:

4 yanvar – shanba 2 yanvar – payshanbaga;

29 avgust – shanba 31 avgust – dushanbaga.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

2020 yil 2 yanvar payshanba va 2020 yil 31 avgust dushanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi.