2021 yilda davlat byudjetining 0,8 foizi innovatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi

Bu haqda Samarqand shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyat va tuman hokimlari o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasitaraqqiyot omili" mavzusida o‘tkazilgan seminarda aytib o‘tildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, 2021 yilga borib, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining 0,8 foizi  miqdoridagi mablag‘ sohani rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Bu mablag‘lar O‘zbekistonni 2030 yilga borib, Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi uchun yo‘naltirilyapti, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati No‘’monjon Akbarov. – Bunga albatta, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali erishiladi. Buning uchun joylarda yangi ishlanmalar, kashfiyotlar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishimiz, tadbirkorlikni rivojlantirishimiz, yirik ishlab chiqarish komplekslarini ishga tushirishimiz lozim. Davlatimiz rahbarining joriy yil 21 sentyabrdagi "2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni ham ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida qabul qilindi.

Shuningdek, seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Eshnazarov viloyatimizda axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

O‘z muxbirimiz.