2021 yilning eng hayratlanarli va dahshatli voqealari suratlarda (2-qism)
* Iyul oyi o‘rtalarida Germaniya, Belgiya va G‘arbiy Yevropaning boshqa hududlarida kuchli yomg‘ir halokatli suv toshqin 220 dan ortiq odam yostig‘ini quritdi. Shaharlar suv ostida qoldi.
* 23 iyul kuni Tokioda XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta sovrin: uchta “oltin” va ikkita “bronza”ni qo‘lga kiritdi.
* Avgust oyi boshida “Injil falokati” deb ta’rif berilgan yirik o‘rmon yong‘inlari Gretsiyani qamrab oldi. Shuningdek, yozda AQShning Kaliforniya shtatida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari ayniqsa halokatli va shiddatli tus oldi.
* 5 avgustda Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi argentinalik Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirmasligini malum qildi. Sportchi xayrlashuv matbuot anjumanida ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Kataloniya klubi tarkibida Messi 30 dan ortiq turnir, jumladan Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi va olti karra "Oltin to‘p" sohibiga aylandi.
* Avgust oyi o‘rtalarida Tolibon harakati xalqaro qurolli kuchlarning Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi fonida qisqa vaqt ichida davlatning deyarli butun hududini egallab oldi. Mamlakat gumanitar va iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda.
* 17 sentyabr kuni Janubiy Koreyaning dunyoviy xitga aylangan “Kalmar o‘yini” seriali chiqdi.
* 19 sentyabr kuni Ispaniyaning Palma orolida uch oy davom etgan Kumbre-Vexa vulqonining otilishi boshlandi. Vulqondan so‘ng katta vayronagarchilik va «kul bosgan» dehqonchilik qoldi.
* Noyabr oyida Belarus va Polsha chegarasidagi vaziyat yanada keskinlashdi. O‘shanda Yaqin Sharqdan minglab muhojirlar Belarus tomondan chegaraga yaqinlashib, Yevropa Ittifoqiga o‘tishga uringan.
* 10 dekabrda Meyfild shahri va uning atrofini xarobaga aylantirgan Kentukki tarixida eng kuchli tornado bo‘ldi. Kamida 50 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi.