2022 yilda eng ko‘p sayyoh tashrif buyurgan dunyo shaharlari

Bu shaharlar nimasi bilan mashhur va nega ular sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi?
E’tiboringizga yil davomida dunyodagi eng ko‘p sayyoh tashrif buyurgan shaharlar va ular haqidagi ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Rim, Italiya - yiliga 30.000.000 sayyoh

Рим, исторический центр. Обратите внимание, в Риме нет никаких высотных зданий. Нельзя строить фасады домов, выше, чем фасады прилегающих церквей

Dunyodagi shahar ichida alohida davlat (Vatikan - dunyodagi eng katta cherkov joylashgan shahar)ga ega yagona shahar. 50 000 kishini sig‘dira oladigan Rim Kolizeyi esa dunyo yetti mo‘’jizasining biri hisoblanadi.
Miloddan avvalgi 27 yilda qurilgan Panteon ibodatxonasi hozirgi kungacha mukammalligicha saqlanib qolingan yagona qadimiy yodgorlikdir. Shaharning tarixiy markazida baland binolar yo‘q, bu yerda cherkovlar fasadidan baland uylar qurishga ruxsat berilmaydi.

London, Buyuk Britaniya - yiliga 29.200.000 sayyoh

Лондон

Dunyodagi eng ko‘p milliarderga ega Londonda hozirda ularning 80 dan ortig‘i istiqomat qiladi. Shaharda 300 dan ortiq tilda so‘zlashadigan 8 milliondan ortiq odam yashaydi. Tauer ko‘prigi yiliga 1000 marta, kuniga esa uch marta ochilib, yopiladi.

Bangkok, Tailand - yiliga 24.177.000 sayyoh

Бангкок

To‘g‘ridan-to‘g‘ri “Farishtalar shahri, katta shahar” deb tarjima qilinadigan ikki o‘nlab maqtovli so‘zlardan tuzilgan Bangkokning to‘liq nomi (Krung Txep Maxanakxon Amon Rattanakosin Maxintarayuttxaya Maxadilok Pxop Nopparat Ratchatxani Burirom Udomratchanivet Maxasatan Amon Piman Avatan Satit Sakkatxattiyya Vitsanukam Prasit) “Ginnesning rekordlar kitobi”ga eng uzun shahar nomi sifatida kiritilgan.

Shahar ko‘chalarining katta qismi suv ustida qurilgan va Venetsiyadagi kabi uylar orasidan kanallar oqib o‘tadi. Uzunligi 46, balandligi esa 16 metrdan iborat uyqudagi Buddaning dunyodagi eng katta haykali shahar ibodatxonasi majmuasi hududida joylashgan. Tailand poytaxtining gil tuproqlarida qurilgan ko‘p qavatli uylarning bosimi tufayli shahar yiliga 4 santimetr tezlikda cho‘kib bormoqda.

Singapur, Singapur: - yiliga 19.930.000 sayyoh

Сингапур, знаменитый отель с бассейном на крыше

Shahar-davlat Singapur aholisi so‘nggi 40 yil ichida 25 foizga o‘sib, 1,6 milliondan 5,3 millionga ko‘paydi. Singapur hech qanday tabiiy resurslarga ega emas, bu yerga hatto chuchuk suv Malayziyadan olib kelinadi. Shunga qaramasdan shahar aholisining taxminan 3 foizi millionerlardir. Davlatda saqich chaynash va erkaklarga kalta shim (shorti) kiyish taqiqlangan.

Parij, Fransiya - yiliga 17.560.000 sayyoh

Самые посещаемые туристами города мира в 2022 году

“Dunyo va Moda poytaxti”ning sayyohlar orasida eng mashhur “Disneylend”iga har yili 13 millionga yaqin odam tashrif buyuradigan bo‘lsa, 5 millionga yaqin chet elliklar Luvr muzeyi va Eyfel minorasini ziyorat qilishni xohlashadi. Parijda bolalarga qaraganda, itlar ko‘proq. Bir paytlar shahar aholisi Eyfel minorasi Parij qiyofasini buzayotgani to‘g‘risidagi petitsiyaga imzo chekishgan.
Keyingi o‘rinlarda yiliga 15.920.000 sayyoh bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri, 13.600.000 turist tashrif buyurgan AQShning Nyu-York shahri, 13.434.300 mehmon kelgan Malayziyaning Kuala-Lumpur va 13.433.000 sayohatchisi bilan Turkiyaning Istanbul shaharlari joy olgan.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.