2023 yilning asosiy rangi e’lon qilindi

Kelayotgan yilning asosiy rangini Pantone xalqaro tadqiqot instituti veb-saytida e’lon qildi. Bu -  Viva Magenta –  binafsha tusli to‘q qizil rang. 

Kompaniya xodimlari karmin nomli tabiiy bo‘yoqdan ilhomlanib, yangi rangni ishlab chiqishdi. Ta’kidlanishicha, u qo‘ng‘izlardan ishlab chiqiladi.

Institut olimlari ushbu yangi qizil rang "kuchli, qo‘rqmas va ilhomlantiruvchi" bo‘lib, u sof quvonchga to‘yintirishi, tajriba va o‘zini cheksiz namoyon qilishga undashini ta’kidlashdi.