2025 yilda birinchi uchar taksilar: ular boylar uchun ermak bo‘ladimi yoki barchaga transport vositasi?

Uchar mashinalar bizga ilmiy fantastikadek tuyuladi. Ammo yo‘lovchi tashuvchi uchuvchisiz uchish apparatlari va yuk dirijabllarini yaratishga katta mablag‘ sarflanmoqda. Bu — odamlar tez orada uchar taksi chaqira oladi deganimi?
Mutaxassislarning fikricha, 2035 yilga borib bunday mashinalar bozori 25 milliard dollarga yetishi mumkin. Shu bois, investorlarning bunday loyihalarga qiziqish bildirishi ajablanarli emas.
Bunday mashinalarga misol - eV-TOL vertikal uchish va qo‘nish samolyoti bo‘ladi. Ular karbonat angidrid chiqarishni oldini olish maqsadida elektr motorlar bilan jihozlangan.
Dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq korxonalar 20 tagacha yo‘lovchini tashishga qodir bo‘lgan transport vositalarining bir nechta prototiplarini ishlab chiqmoqda. Ulardan biri Turkiyaning AirCar startapidir. Istanbulda joylashgan ushbu kompaniya 2017 yildan beri shahar ko‘chalarida tirbandlik va gaz ifloslanishi muammosini hal qilishga urinib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi elektr motorli uchuvchisiz uchar taksilar parkini yaratishdir.
Kichraytirilgan prototiplarning mingga yaqin sinovlaridan so‘ng, bu yil to‘liq o‘lchamli transport vositalarining sinovi boshlandi. Kompaniya asoschisi Yeray Altunbozarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi tashish 2025 yildan boshlanishi mumkin, biroq buning uchun hali qator to‘siqlar mavjud.
Fransiyaning xuddi shunday Flying Whales kompaniyasi rahbari Sebastyan Bougonning aytishicha, dirijabllar sog‘liqni saqlashga yondashuvni o‘zgartiradi: ular ko‘chma kasalxonani orolga yoki borish qiyin bo‘lgan hududga yetkazadi, favqulodda vaziyatlarni aytmasa ham bo‘ladi…
Uchar mashinalar endi xayol emas. Ular ustida ishlaydigan startaplarga milliardlab dollar sarmoya kiritiladi. Ammo ular boylar uchun shunchaki ermak bo‘ladimi yoki barchaga xizmat qiluvchi transport vositasimi, buni vaqt ko‘rsatadi?
G.Xoldorova tayyorladi.