2025 yilning eng yaxshi fotosuratlari — World Press Photo talqinida

World Press Photo — Gaagada o‘tkaziladigan dunyodagi eng nufuzli fotojurnalistika tanlovlaridan biri. Unda g‘oliblar suratning badiiyligiga emas, balki uning jahondagi muhim voqealar va insoniyat hayotini aks ettirishiga qarab tanlanadi.

Yil fotosurat muallifi — Kerol Guzi. Suratda Ekvadordan AQShga kelgan Luisning AQSh immigratsiya va bojxona nazoratixodimlari tomonidan olib ketilayotgan paytida uning rafiqasi aks etgan. Oila boquvchisidan ajralib, uch nafar farzandi bilan og‘ir ahvolda qolgan.

Finalchilardan biri — Saber Nuraldinning G‘azodagi gumanitar inqiroz haqidagi surati. Unda odamlar gumanitar yordam ortilgan mashinasidan ozuqa olishga urinayotgani tasvirlangan. Yordam tarqatishdagi muammolar tufayli ko‘plab qurbonlar qayd etilgan.

Yana bir finalchi — Viktor Dj. Blyu. U Gvatemaladagi mayya xalqining achi guruhi ayollari ishi bo‘yicha sud jarayonini tasvirlagan. O‘nlab yillardan keyin zo‘ravonlik qurbonlari adolatga erishishga muvaffaq bo‘lgan. 2025 yil 30 mayda olinganushbu suratda Gvatemala shahridagi sud binosi tashqarisida hukmchiqarilgan kuni boshqa achi ayollari bilan 1983 yildakazarmalarda ushlab turilgan va 25 kun davomida zo‘ravonlikkauchragan Paulina Ixpata Alvaro tasvirlangan.

2026 yilda World Press Photo g‘oliblari 71-marta e’lon qilindi. Tanlovda nafaqat suratning badiiyligi, balki uning jahondagi muhim voqealarni aks ettirishi ham asosiy mezon hisoblanadi.