2030 yilga kelib suv ostida qolib ketadigan shaharlar

2021 yilning oxirida “India times” nashri “Climate Central” iqlim kuzatuvchilari tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar bilan tanishdi. Natijada 2030 yildayoq suv ostida qoladigan dunyoning 6 ta yirik shaharlari ro‘yxati tuzildi.

Global isish oqibatlarini yumshatish maqsadida olimlar Yerdagi haroratni Selsiy bo‘yicha bir yarim-ikki darajagacha oshishini cheklash zarurligini ta’kidlab kelmoqda.

Maqsadga erishish uchun 2015 yilda 190 dan ortiq davlat ushbu harakatlar rejasini taqozo etadigan Parij bitimini imzoladi. Hujjat qazib olinadigan yoqilg‘idan butunlay voz kechishni nazarda tutmaydi, biroq davlatlar iqlim o‘zgarishiga moslashishi, chiqindilarni kamaytirishi va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish choralarini ko‘rishi lozim.

Kalkutta, Hindiston

Фото: commons.wikimedia.org

1690 yilda asos solingan Kalkutta suv ostida qolishi ehtimoli bor. Hindistonning bu shahri Gang daryosining deltasi (daryoning tarmoqlangan mansabi)da dengiz sathidan bir yarim metrdan to‘qqiz metrgacha balandlikda joylashgan. Shaharning asosiy qismi botqoqli hududda o‘rnashgan bo‘lib, odamlar u yerda joylashishi uchun olimlar botqoqlarni quritishiga to‘g‘ri kelgan edi. Qolgan quritilmagan botqoqlar 12,5 ming gektar maydonni egallaydi.

Hoshimin, Vetnam

фото: wikiway.com

Rasmiy ravishda 10 380 ming kishi istiqomat qiluvchi Hoshimin shahri hududi Rossiyaning Moskva shahridan deyarli ikki baravar katta. Buning sababi shahar o‘z hududiga qo‘shimcha ravishda 16 ta shahar va janubda dengiz sohiligacha cho‘ziladigan doim yashil bargli mangra o‘rmonlari bor 5 ta keng qishloqni o‘z ichiga oladi. Hoshiminning g‘arbiy qismida Saygon daryosi o‘tadi. Shaharning Mekong daryosi yonidagi sharqiy qismida suv sathining ko‘tarilishi va tez-tez sodir bo‘ladigan bo‘ron va suv toshqinlari tufayli yashash xavfli.

Venetsiya, Italiya
Adriatik dengizining 18 ta orolida joylashgan va 378 ta ko‘prik bilan bog‘langan Venetsiya uchun suv toshqinlari yangilik emas: shahar yiliga ikki millimetrga suvga cho‘kyapti. Agar sizda Venetsiya me’morchiligining go‘zalligi va ulug‘vorligidan bahramand bo‘lish istagi bo‘lsa, u yerga suv toshqini boshlanishidan oldin borishni maslahat beramiz...

Yangi Orlean, AQSh

фото: pinterest

Iqlim o‘zgarishi o‘z ta’sirini ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mintaqalarga ko‘rsatmay qolmaydi. Amerikaning Yangi Orleanida allaqachon suv toshqiniga qarshi to‘siq tizimlari mavjud, biroq shunga qaramay mahalliy hukumat kelgusi o‘n yillikni betalafot kutib olish uchun yana ko‘p ishlarni amalga oshirishi lozim.

Basra, Iroq
Ro‘yxatimizdagi keyingi o‘rinda aholisi 1326 ming kishi bo‘lgan Iroqning Basra porti joylashgan. U 636 yilda asos solingan va Fors ko‘rfazida quyiladigan Shatt-al-Arab daryosining botqoqligida turadi. Shuning uchun kelgusi o‘n yillikning oxiriga kelib u qisman yoki to‘liq suv ostida qolishi mumkin.

Amstredam, Niderlandiya

фото: pinterest

Amsterdam Gollandiyaning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amstel va Ey daryolarining etagida joylashgan. Shahar nomi “Amstel” va “Dam” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “Amstel daryosidagi to‘g‘on” degan ma’noni anglatadi.
Shahar sayyohlarni o‘z arxitekturasi, ko‘priklari va beqiyos tungi hayoti bilan o‘ziga jalb qiladi. Gollandiyaliklar suv toshqinidan himoya qilish ilmini o‘zlashtirgan bo‘lsalar-da, umuman olganda Gollandiyaning ishlari chakki emas. Agar suv sathi 10 metrga ko‘tarilsa shahar shunchaki yuviladi-ketadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.