22 aprel - Butunjahon yer kuni

Ushbu sana BMTning Bosh assambleyasi tomonidan 2009 yilda tashkil etilgan va 2010 yildan nishonlanib kelinmoqda.

Bu sana dastlab 1970 yil 22 aprelda AQShda nishonlangan. Unda 20 milliondan ortiq odam ishtirok etgan.

Asta-sekin Yer kunini nishonlash an’anasi butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Shu tariqa 1990 yilda ushbu bayramda 141 mamlakatdan 200 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan.

Har yili shu kuni dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar global ekologik muammolarni muhokama qilish uchun davra suhbatida to‘planadi. Shu kuni hamma o‘z hovli va ko‘chalarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etishi mumkin.

Shimoliy yarim sharda Yer kuni bahorda, Janubiy yarim sharda esa kuzda nishonlanadi. Ushbu global harakatning asosiy maqsadi jamiyat va sayyoradagi har bir insonning e’tiborini Yer va uning atrof-muhiti muammolariga qaratishdan iborat bo‘lib, insoniyat oldida turgan qiyin vazifalar to‘g‘risida bilib olishga imkon beradi.

Ma’lumot uchun: Sayyoramiz taxminan 4,5 milliard yoshda. Sayyoradagi eng issiq joylar: Kaliforniyadagi O‘lim vodiysi va Liviyadagi El Aziziya deb nomlanadigan joy. U yerda Selsiy bo‘yicha +57,8 darajagacha issiq havo kuzatiladi. Antarktida Yerdagi eng sovuq joy sifatida tan olingan: 1983 yil 21 iyulda Antarktidadagi Vostok tadqiqot stansiyasida Selsiy bo‘yicha -89 daraja sovuq havo qayd etilgan. Oy Yerning ko‘zga ko‘rinadigan bitta tabiiy sun’iy yo‘ldoshi hisoblanadi.