25 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni. Vakillarimiz yakuniy bosqichda g‘olib bo‘ladimi?

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tashabbusi bilan Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov komissiyasi tarmoq kasaba uyushmalari tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, barcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi.

Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasining viloyatdagi «Eng yaxshi tashkilot»i nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatiga nasib etdi. Qolgan sovrinli o‘rinlar «Jomboy don mahsulotlari» AJ hamda Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi sazovor bo‘ldi.

Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari  xodimlari  kasaba uyushmasining uchta nominatsiyasini “JV MAN Auto – Uzbekistan”  MChJ qo‘shma korxonasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa “Samarqand avtomobil zavodi”  MChJ qo‘lga kiritdi. Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan «Eng yaxshi tashkilot” deb Payariq tuman tibbiyot birlashmasi topilgan bo‘lsa, 2-o‘rin Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga nasib etdi.

Iste’mol tovarlar ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari  xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotlari o‘rtasida “Kattaqo‘rg‘on parranda” MChJ qo‘shma korxonasi, “Samarqand choy qadoqlash fabrikasi” xorijiy korxonalari o‘z nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Shuningdek, «Samarqandkimyo” AJ, Past Darg‘om tumanidagi  33-umumta’lim maktabi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi, Paxtachi tuman elektr tarmoqlari korxonalari ma’lum bir nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildilar.

G‘oliblar tanlovning ikkinchi bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi. Yakuniy bosqich 25 aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni arafasida aniqlanadi.

Usmon KARIMOV, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari

birlashmasi kengashi bo‘lim mudiri.