25 yanvar kuni Samarqandda Senat a’zosi saylanadi
- 23.01.2019 13:03
- 341
- Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2019 yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiya Raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Majlisda Erkinjon Turdimovning xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati vakolati tugatilganligi va Abdumo‘min Jo‘rayevning xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning senatorlik vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish hamda Samarqand viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisini 2019 yil 25 yanvar kuni soat 14:00da Samarqand viloyati hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.