2500 dollarlik ikra

Ishonmayapsiz-a? Lekin bu bor gap. Dunyoda eng qimmat ikra “Olmos” deb ataladi va nomi forschadan olingan.

U yorqin kumushsimon tusda bo‘lib, uni Kaspiy dengizida yashovchi beluga - albi nos balig‘i ishlab chiqaradi. Bunday baliqning yoshi 100 yildan kam bo‘lmasligi, og‘irligi esa 900 kilogramm atrofida tosh bosishi lozim.

“Olmos” 995-probali oltindan yasalgan 100 grammlik bankada qadoqlanadi va har biri 2500 dollardan sotiladi. Ikrani Eron yetkazib beradi.

Bo‘rilar nega Oyga qarab uliydi?

Bo‘rilar va itlar tunda ko‘pincha Oyga qarab ulishadi. Bu odamlarni dahshatga soladi. Sababi nima ekan?

Kuzatuvlar shunday xulosaga olib keladiki, yovvoyi tabiatda bo‘rilar osmonda Oy bor-yo‘qligidan qat’iy nazar har kuni tunda uliydi. Negaki, bo‘rilar sutkaning sokin pallasida faol holatga kelib, ovga chiqishar ekan va ulish orqali bir-birlari bilan “xabarlashib” turishadi.

Uchqur gepard

Qoplonlarni yugurish tezligi soatiga 105 kilometrdan oshadi. Bu eng uchqur itlar va tozilarning tezligidan 70 km/soatga ko‘pdir.

Keyingi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qoplonlarning yugurish ustunligi shunda ekanki, ular yugurish paytida oyoqlarini juda tez egib yozadi. Bu esa yugurishda qo‘shimcha tezlik beradi.

T.Shomurodov tayyorladi.