27 yanvar – Leningrad blokadasi ochilgan kun
Leningrad blokadasi ochilganiga 75 yil to‘ldi. Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) blokadasi fashist qo‘shinlari tomonidan 1941 yil 8 sentyabrdan 1944 yil 27 yanvargacha - 872 kun davom etdi.
Blokadani yorib o‘tish harakatlari 1943 yil 18 yanvarda boshlandi. Shaharning tashqi dunyo bilan aloqa qilish va oziq-ovqat, yoqilg‘i yetkazib berishning yagona yo‘li Ladoga ko‘li edi.
Manbalarga ko‘ra, qamalda bo‘lgan Leningraddagi ommaviy ochlik, qahraton qish va urushning og‘ir sharoitlari oqibatida 400 mingdan 1 million nafargacha odam halok bo‘lgan. Ularning 3 foizi - bombardimon va o‘qqa tutilish vaqtida halok bo‘lgan.
Xalqning jasorati xotirasiga Leningradga Qahramon-shahar unvoni berildi.
Urush yillarida O‘zbekiston yuz minglab insonlar uchun ikkinchi uyga aylandi. Ayniqsa, qamalda bo‘lgan Leningraddan ko‘plab qariyalar, ayollar va bolalar Toshkent shahri va boshqa viloyatlarga evakuatsiya qilindi.
O‘sha fojiali kunlarda xalqlarning fashizmga qarshi birgalikdagi kurashi va ming-minglab insonlar hayotini saqlab qolishida, birdamlik, hamjihatlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat kuch-quvvat, madad berganligini xotirada saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish zarur.
G.Xoldorova tayyorladi.