Shoygu O‘zbekistonning fashizmni mag‘lub etishga qo‘shgan hissasi haqidagi hujjatlarni taqdim etdi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi va Buxoro shahrida O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Shoygu Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmni mag‘lub etishdagi O‘zbekiston xalqining hissasi to‘g‘risida arxiv hujjatlari to‘plamini topshirdi.

"Bizning uchrashuvimiz 1941-1945 yillarda bo‘lgan urushda erishilgan G‘alaba kuni arafasida bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbek xalqi ushbu buyuk g‘alabaga katta hissa qo‘shgan. Bu arxiv hujjatlar to‘plamida yaqqol aks etgan", dedi Rossiya mudofaa vaziri.

Uchrashuvda harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.