28 may kuni Samarqand viloyati Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi o‘tkaziladi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 2021 yil 21 mayda «Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq o‘ttiz ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi 2021 yil 28 may kuni soat 9:00 da chaqirildi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- xalq deputatlari viloyat Kengashining nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Rafiqovning viloyatda “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti;

- yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i H.To‘xtayevning yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi yuzasidan axboroti;

- viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Ya.Mirzarahimovning viloyatning eksport salohiyatini oshirish, tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va importni optimallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti;

- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Halimovning 2021 yilning I choragi mobaynida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash faoliyati bo‘yicha hisoboti;

- boshqa masalalar.