29 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma birinchi sessiyasi o‘tkaziladi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi J.O‘roqov 2021 yil 23 yanvar kuni “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma birinchi sessiyasi 2021 yil 29 yanvar kuni soat 10:00 da chaqirilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

- Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) mintaqaviy vakilligining 2020 yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti;

- Payariq tumani hokimi D.Musinovning Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;

- viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Nurullayevning “Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining ijrosi ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti;

- viloyatda 2020 yil Bandlik dasturi ijrosi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ajratilgan byudjet mablag‘larini to‘g‘ri va samarali sarflanishini, shu jumladan respublika Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar hamda Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi yuzasidan viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborovning hisoboti;

- viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Shakarboyevning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash yuzasidan yuritilgan doimiy monitoring natijalari to‘g‘risidagi hisoboti;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020 yil 23 iyuldagi “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 67/11-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.