Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

31-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO) Yaponiya davlati tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, unda 52 ta davlatdan 200 nafar ishtirokchi qatnashdi.

31-Xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk marotaba oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Jumladan,  Toshkent pediatriya tibbiyot institutining akademik litsey 2-bosqich o‘quvchisi Saida Valijonova nufuzli xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi va terma jamoa tarixida birinchi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Buxoro davlat universitetining Qorako‘l akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Ravshanbek Karimov va Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Sardor Tojiboyevlar kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq, xalqaro biologiya olimpiadasi (International Biology Olympiad (IBO)da g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi.

Mazkur olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

- 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450 baravari;

- 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250 baravari;

- 3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150 baravari.