31 yoshli shaxs 55 yoshli mahalladoshini pichoqladi
- 05.02.2020 18:23
- 185
- Jinoyat va jazo

2020 yilning 2 fevral kuni taxminan 19:30 larda, Vobkent tumani, Gavuzduvon qishlog‘ida yashovchi 31 yoshli O.G. mahalladoshi, 55 yoshli D.U. bilan o‘zaro bir-birini haqoratlab janjallashib, janjal vaqtida O.G. yonida bo‘lgan pichoq bilan D.U.ning qorniga tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda D.U. sanchilib kesilgan jarohatlar bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Ayni vaqtda D.U.ning sog‘lig‘i yaxshilangan.
Mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deya xabar berdi IIV huzuridagi tergov departamenti.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Kecha, 11:50
- Jamiyat