35 yil temiryo‘l sisternasida yashagan kampir
Sisterna ichida inson yashashiga aql bovar qilmaydi. Ammo Omskda 64 yoshli ayol umrining yarmini shu tashlandiq sisternada o‘tkazgani bor gap.
Bu antiqa uyni unga 1986 yilda temirbeton zavodi ma’muriyati taqdim etgan. Ayol 25 yil shu zavodda kranchi bo‘lib ishlagan. Zavod ma’muriyati va’da qilingan uy navbati kelguncha shu «shinam» bochkada yashab turishni taklif etgan. Biroq 1990 yilda korxona xonavayron bo‘lgan, direktor esa vafot etgan. Sisternada «umrguzaronlik» qilayotgan Svetlana Chernova esa odamlarning esidan chiqqan...
***
Ehtiyot bo‘ling, bo‘rilar!
Rossiyaning Xanti-Mansiy avtonom okrugi Yugra posyolkasi aholisi Sovet rayoni ma’muriyatidan maktab o‘quvchilarini masofadan turib, o‘qitishga o‘tkazishlarini so‘radi. Bunga koronavirus emas, aholi yashayotgan joyda bo‘rilarni bemalol kezib yurgani sabab bo‘ldi.
Yovvoyi yirtqichlar posyolkada hali kuz boshlanishi bilan paydo bo‘lgandi. Mahalliy aholining aytishicha, bo‘rilar hovlilarda bog‘langan itlarning zanjirlarini uzib, o‘rmonga olib ketmoqda.
Yugra posyolkasining Zelenoborsk qishlog‘i aholisi hodisadan qattiq tahlikaga tushishgan. Ular bo‘rilarni qachon, qayerda ko‘rishganini qizg‘in muhokama qilmoqda. Qishloqda ko‘pchilik bo‘rilarni uy itlariga hujum qilganidan keyin qolgan qonli izlarga ko‘zlari tushgan.
Bu Yugra aholisining yirtqichlar haqidagi birinchi xabari emas. Yovvoyi hayvonlar shimolliklarning hovli-joylariga muntazam "tashrif buyurmoqda". «Xenday - Solyaris» avtoyo‘nalishi haydovchisi yo‘lda to‘satdan paydo bo‘lgan yirtqichni urib ketdi. Kutilmaganda yo‘lida yovvoyi hayvonning paydo bo‘lganini ko‘rgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan.
T.Shomurodov tayyorladi.