3D printerda chiqarilgan uy birinchi egalarini kutib oldi

Niderlandiyada er-xotin to‘liq 3D-bosma texnologiya yordamida qurilgan birinchi Yevropa uyiga ko‘chib o‘tdi, deya xabar berdi The Guardian.

Eliza Luts va Garri Dekkerslar o‘zining birinchi raqamli kalitini - eshikni ochish imkoniyatini beruvchi dasturni olishdi, deyiladi xabarda.

"Ushbu uy yuridik mos ravishda yashash mumkin bo‘lgan shunday turdagi birinchi bino bo‘ldi. Dastlab birinchi uylar 2019 yilda paydo bo‘lishi rejalashtirilgan edi, ammo me’moriy loyihaning murakkabligi sababli keyinga qoldirildi. Loyiha Eyndxoven texnika universiteti va Vesteda uy-joy korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi", deya xabar beradi «360» telekanali.

Turar joy 94 kvadrat metrni tashkil etadi, ikkita yotoq xonasi mavjud. Uy tosh shakliga ega bo‘lib, 24 beton elementdan iborat. Binoni yaratish uchun 120 soat vaqt sarflangan.

G.Xoldorova tayyorladi.