4 mlrd. 600 mln. mablag‘ evaziga Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Yangi bino yuqumli kasalliklarni davolash talablariga mos ravishda 3 qavatli qilib qurilgan. Bu yerda alohida izolyator boks xonalari tashkil etilgan bo‘lib, og‘ir bemorlar uchun lift moslamalari bilan ta’minlangan.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining aksariyat binolari eskirganligi, bu yerda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmaganligi sabab muassasaning reanimatsiya, laboratoriya, qabul va 4 ta davolash bo‘limlari hozirgi vaqtga qadar Kimyogarlar qo‘rg‘onida joylashgan sobiq psixonevralogiya dispanseri binosida faoliyat yuritayotgandi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tishimiz joiz, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018 yildagi viloyatimizga qilgan tashrifi davomida Samarqandning ko‘p sonli aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi hududida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bino qurilishi bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar bergan edi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi talabalar uchun “Ta’lim granti”ni e’lon qildi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, munosib ta’lim-tarbiya olishida ko‘maklashish, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, iqtidori va faolligini rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ta’lim granti” loyihasini e’lon qiladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Loyihada oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar belgilangan talablar asosida ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha ishtirokchilari oliy ta’lim muassasasida o‘qishi uchun belgilangan bir yillik to‘lov-shartnoma mablag‘ining 50 foizigacha bo‘lgan miqdordagi grantga ega bo‘lishadi.

Loyihada ishtirok etishni istagan talabalarning ariza va anketalari joriy yilning 20-fevralidan 5-mart kuniga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarida qabul qilinadi.