40 soat qor iskanjasida

AQShning sharqida Navo-Armandan Nyu-Yorkka kelayotgan yo‘lovchi poyezd qor iskanjasida qoldi.
Yangi yil sayyohatiga chiqqan yo‘lovchilarning bayram kayfiyati buzildi. Ular 40 soat qor bo‘ronini «tomosha» qilishga majbur bo‘ldilar.

***

Tatiurovka taqiqlanadi

Xitoy sport rahbarlari terma jamoa o‘yinchilarida g‘ashga tegadigan tatiurovkalarga qarshi kurash boshladi. Talabga bo‘ysunmaganlar futboldan chetlatiladi. Endi bundan keyin barcha yosh guruhlarda futbolchilar mafkuraviy tayyorgarlikdan o‘tishlari lozim. Xitoy o‘yinchilari sport formasi kiyishda, soch qo‘yishda boshqa mamlakatlar o‘yinchilariga o‘rnak bo‘lishi kerak, deyiladi talabda. Futbol nafaqat sport bellashuvi, u millionlab ishqibozlarni odob-axloqiy jihatdan tarbiyalash vositasi hamdir.

***

Rossiya oziq-ovqat mustaqilligini yo‘qotmoqda

Rossiyada qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulot tobora ko‘proq xorijlik kompaniyalarga o‘tmoqda. Agar ular urug‘chilik va dehqonchilik ekinlariga sanksiya oladigan bo‘lsa, mamlakat to‘liq ocharchilik xavfi ostida qolishi mumkin.

T.Shomurodov tayyorladi.