5 tashabbus – ertamiz egalari istiqboli

Samarqand shahridagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni o‘z ichiga olgan shu mavzudagi festival o‘tkazildi.
Unda yosh rassomlar, sportchilar, dasturchilar erishgan yutuqlarini, zukko kitobxonlar bilimlarini, mohir qo‘l sohiblari o‘zlari yasagan buyumlarni namoyish etdi.
- Maktabimizda 959 nafar bola ta’lim oladi, - deydi maktab direktori Matnazar G‘oyibnazarov. – Ularning har birining o‘ziga xos qiziqishi, iste’dodi bor. Ilgari surilgan mazkur tashabbus aynan bolalarning qobiliyatlarini maktab davridan shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, hunar, san’at, kitobsevarlik, sportga oshna bo‘lish orqali ma’naviyatini, madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan.
Festival doirasida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlab o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.