543 oilaga Prezident sovg‘asi

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi o‘rinbosari A.Qodirovning aytishicha, har bir tuman, shahardagi 34 tadan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, maishiy turmush sharoitini yaxshilash maqsadida ushbu sovg‘alar berilishi rejalashtirilgan. Shu paytgacha Jomboy, Payariq va Urgut tumanlarida bu jihozlar o‘z egalariga topshirilgan.
- Zamonaviy gaz plitasi hamda gaz ballonining sovg‘a qilinishi ro‘zg‘orimizdagi katta bir kemtiklikni to‘ldirdi, - deydi Urgut tumanidagi Mo‘minobod mahallasida yashovchi G.Ro‘ziqulova. - Shu paytgacha ana shu jihozni sotib olishga qo‘limiz kaltalik qilayotgandi. Biz kabi oilalarga yaqindan ko‘mak berayotgan davlatimizdan minnatdormiz.

O‘z muxbirimiz.