56 million so‘mlik quyma oltinni Dehliga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi
- 23.01.2020 09:13
- 154
- O‘zbekiston
Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dehliga parvozi oldidan “yashil” yo‘lak orqali chiqib ketayotgan yo‘lovchining bezovtalanishi bojxonachilar diqqatini tortdi.
Shundan so‘ng ushbu shaxs belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning kamari aslida tilladan ishlangani fosh bo‘ldi, deya xabar beradi DBQ matbuot xizmati.
Bojxona xodimlarini chalg‘itishga uringan ushbu shaxs 122 gramm og‘irlikdagi tilla quyma bo‘lagini go‘yoki kamarning to‘qa qismi sifatida olib chiqmoqchi bo‘lgan ekan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yashirincha olib chiqishda to‘xtatib qolingan quyma oltinning qiymati salkam 56 million so‘mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa