6 oyda eksport hajmi 16,5 foizga kamaydi
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 677,2 million AQSh dollarini tashkil etib, pandemiya ta’sirida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,9 foizga kamaydi.
Shu jumladan, eksport hajmi 151,5 million AQSh dollari (16,5 foiz)ga kamaygan va import hajmi 525,7 million AQSh dollariga yoki 17 foizga kamaygan.
Viloyat bo‘yicha 2020 yilning o‘tgan olti oyida barcha turdagi transportlar tomonidan 23,4 million tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,2 foizni tashkil qilgan.
Barcha turdagi transportlar tomonidan yuk aylanmasi 587,9 million tonna-kilometrni tashkil qilgan va 2019 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 10,4 foizga ko‘paygan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 10901,2 milliard so‘mni yoki 2019 yilning mos davriga nisbatan 97,4 foizni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik sohalarida mahsulot (xizmat)lar hajmi 10481,8 milliard so‘mni yoki 97,2 foizni tashkil qilgan.
Fazlulloh Eshonqulov,
Samarqand viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati xodimi.