9 oyi davomida 647 ta mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

2020 yilning 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami 838 ta korrupsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan sudlarga yuborilgan 454 ta jinoyat ishlari bo‘yicha 647 ta mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi bo‘yicha tahlil natijalari quyidagicha:
▪️ 7 nafar — hokim o‘rinbosarlari;
▪️ 1 nafar — prokuratura tizimi xodimi;
▪️ 1 nafar — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
▪️ 13 nafar — Majburiy ijro byurosi;
▪️ 1 nafar — adliya tizimi xodimi;
▪️ 59 nafar — IIV;
▪️ 6 nafar — DSQ;
▪️ 1 nafar — DBQ;
▪️ 2 nafar — Milliy gvardiya;
▪️ 3 nafar — Mudofaa vazirligi;
▪️ 57 nafar — Sog‘liqni saqlash vazirligi;
▪️ 8 nafar — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
▪️ 15 nafar — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
▪️ 89 nafar — Xalq ta’limi vazirligi;
▪️ 36 nafar — Maktabgacha ta’lim vazirligi;
▪️ 34 nafar — tijorat bank rahbar xodimlari;
▪️ 184 nafar — ustavida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning rahbarlari.

2020 yilning 9 oyi davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 milliard so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.