95 foiz pensiya va nafaqa mablag‘lari plastik kartalarga o‘tkazib berildi
Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzu yuzasidan Xalq banki rasmiy munosabat bildirdi.
Pensiya va nafaqa pullarining plastik kartalar orqali to‘lanadigan qismi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning 7 sentyabr kuniga qadar to‘liq moliyalashtirildi va Xalq banki tomonidan shu kunning o‘zida 95 foiz mazkur pensiya va nafaqa mablag‘lari plastik kartalarga o‘tkazib berildi.
Ayrim texnik sabablarga ko‘ra, qolgan mablag‘lar ham bir bank ish kuni mobaynida pensionerlarimizning plastik kartalariga tushirib beriladi.
Bank axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, pensiya pullari har oyning 4 sanasidan 27 sanasiga qadar Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi va Xalq banki tomonidan tarqatiladi.