Abituriyent ruxsatnomasini testga kirish joyida chop etib berish yo‘lga qo‘yiladi

Davlat qabul komissiyasining qaroriga binoan, test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlarga oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) mas’ul qilib biriktiriladi.

Biriktirilgan mas’ullar abituriyentlarni tartibli va ijtimoiy masofani saqlagan holda tegishli hududlarning kirish joylariga yo‘naltiradi hamda ruxsatnomasini olmagan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” chop etib berilishini ta’minlaydi.