“Aeroflot” Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi "Sankt-Peterburg — Toshkent" va "Sankt-Peterburg — Samarqand" yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda Uzbekistan Airpords matbuot xizmati xabar  bermoqda.

Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo‘lovchi reysi 17 dekabrga belgilangan. Parvozlar "Boeing-738" samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari "Boeing-738" samolyotlarida parvoz qiladi. Birinchi parvoz 16 dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, reys 2022 yil 16 dekabrdan 20 dekabrga ko‘chirildi.

“Aeroflot” — Rossiya havo yo‘llari shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Aeroflot guruhiga, shuningdek, "Rossiya" aviakompaniyasi va "Pobeda" loukoster aviakompaniyalari kiradi.