Sankt-Peterburgda narkotik modda sotgan o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridada 22 iyul kuni o‘zbekistonlik erkak 31 paket sintetik giyohvand moddalar sotayotganida ushlanib, hibsga olindi. Bu haqda «78.ru» xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, 1976 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan erkak Kostroma viloyatining Galich shahrida ro‘yxatdan o‘tib yashab kelgan. U Telegram’dagi onlayn giyohvand moddalar sotuvchi do‘konlarning birida garov evaziga narkotik yetkazib beruvchi bo‘lib ishlagan.

Hibsga olish paytida olib qo‘yilgan giyohvand modda N-metilefedron alfa-pirrolidinovalerofenonning hosilasi ekani aniqlangan. Politsiya xodimlari qidiruv jarayonida ushbu moddadan iborat yana 19 ta xatcho‘pni aniqlagan.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228.1-moddasi (Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning o‘xshashlarini noqonuniy ishlab chiqarish, sotish yoki o‘tkazish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Erkak hibsga olingan.