Aeroportda qadimiy tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatildi
“Samarqand-Vnukovo” yo‘nalishidagi aviareys bilan xorijga ketayotgan fuqaro A.A.ning bagaj sumkasi rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda yuqoridagi qonunbuzarlik aniqlangan.
Fuqaroning yuk sumkasida 5 dona qadimiy tangalar, 3 dona tarozi kalibrovkasini o‘lchaydigan qadimiy metallar hamda 1 donadan 7,62 kalibrli gilza va otilgan o‘q qoldig‘i borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ta’kidlash joiz, ellik yil muqaddam va undan oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.