Afg‘onistonda jangarilar hujumi oqibatida 12 nafar atrofida politsiya xodimi halok bo‘ldi
- 17.11.2020 16:17
- 67
- Xorij
16 noyabrdan 17 noyabrga o‘tar kechasi Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Badaxshon viloyatida jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujumda 12 nafar atrofida politsiya xodimi, shu jumladan, qo‘mondon halok bo‘ldi. Bu haqda 17 noyabr kuni Tolo News telekanali xabar berdi.
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari telekanalga bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida yana o‘n kishi jarohatlangan. Tolibon radikal harakati (O‘zbekistonda taqiqlangan) jangarilari huquqni muhofaza qilish blok postiga hujum uyushtirganligi taxmin qilinmoqda.
Biroq, vaziyat yuzasidan “Tolibon” tomonidan hech qanday munosabat bildirilmadi.