"Agar Olimpiada boykot qilinsa...": Xitoy Yaponiyani ogohlantirdi
Xitoyning Yaponiyadagi elchisi Kunn Syuanyu Tokio 2022 yilgi Olimpiadani diplomatik boykot qilishga qo‘shilsa, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “Interfaks” yozadi.
Diplomat Yaponiya rasmiylarini ehtiyot bo‘lishga va bunday qaltis qadamni to‘sishga chaqirdi. “Afsuski, Yaponiyadagi ba’zi odamlar o‘zlarining oldindan o‘ylagan tushunchalari asosida Xitoy siyosiy tizimiga hujum qilgan holda Pekin o‘yinlarini diplomatik boykot qilishga chaqirib, Sinszyan va Gonkongdagi inson huquqlari ahvoli haqida mish-mish va yolg‘on tarqatmoqda”, - deydi Xitoyning Yaponiyadagi elchisi.
Olimpiadani total boykot qilishga avvalroq Yevroparlament (YeP) chaqirgan edi. YeP raisi o‘rinbosari va Germaniya erkin demokratik partiyasi (FDG) rahbari o‘rinbosari Nikola Ber Yevropa Ittifoqi “AQSh soyasida qolib ketmasligi” kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, Xitoydagi Olimpiya o‘yinlari xato va noto‘g‘ri tanlangan.
Avval xabar berilgandek, 6 dekabr kuni Vashington Xitoyning Sinszyan-Uyg‘ur avtonom hududida inson huquqlari buzilishiga norozilik bildirish maqsadida 2022 yil 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Pekin qishki Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qildi. 8 dekabr kuni boykotga Avstraliya, Buyuk Britaniya va Kanada ham qo‘shildi.