Agrologistika komplekslari uchun yer ajratiladi

Hukumatning 2020 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 11 avgustdagi qarorida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish jadvali ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida meva-sabzavotchilik kooperatsiyalariga yer maydonlarini belgilangan tartibda, shu jumladan, hududlarda barpo qilinadigan yirik agrologistika komplekslari uchun belgilangan yer maydonlarini qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari uchun kompensatsiya undirmasdan tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.

Ajratilgan yer uchastkalaridagi yerdan foydalanuvchilar kompensatsiyalari (fermer xo‘jaliklari tomonidan ko‘rilgan zararlar, kesilgan daraxtlar, fuqarolarni ko‘chirish va ularga yetkazilgan barcha zararlar) va agrologistika komplekslarini muhandislik, yo‘l hamda transport infratuzilmalariga ulanishini ta’minlash va boshqa xarajatlar mahalliy byudjet mablag‘lari hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Jahon banki hamda milliy qonunchilik talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanadi hamda taqdim etiladi.