Aholi tomorqalariga suv chiqarish uchun subsidiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 iyuldagi “Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatimizda bajariladigan ishlar belgilandi.

Unga ko‘ra, suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv ob’yektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratiladi.

Bunda qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda:

Aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq bo‘lgan har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming so‘mdan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda:

Kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning 70 foizi, biroq 120 million so‘mdan oshmagan qismi qoplanishi belgilandi.