Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar: Qaysi yo‘nalishlarga, qancha mablag‘ beriladi?
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratiladi:
➖yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9 mln so‘mgacha) miqdorida;
➖sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;
➖urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (900 ming so‘mgacha) miqdorida;
➖ishsiz fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;
➖“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to‘qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;
➖“Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;
➖2025 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan (600 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik;
➖tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so‘mgacha, xotin-qizlarga 10 million so‘mgacha;
➖tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorida;
➖hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun – a’zolik badali miqdorida;
➖aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun – sarflanadigan xarajatlarni to‘lashda bir martalik;
➖“usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan (600 ming so‘mdan) kam bo‘lmagan miqdorda;
➖shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari (7,5 mln so‘m) miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.