Akademik maktabga keldi
Samarqand shahridagi 29-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, SamDU kafedrasi mudiri Saidahmat Laqayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida akademik taraqqiyotni ilg‘or ilm-fansiz tasavvur etib bo‘lmasligi, ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan katta e’tibor tufayli ertamiz egalarining barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashiga zamin bo‘layotganini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zining hayoti, o‘quvchilik va talabalik davri, akademik darajasiga yetish yo‘lidagi mashaqqatli va mazmunli izlanishi to‘g‘risida so‘zlab berdi, matematika fanining sir-asrorlari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ilmda fazilat ko‘p. Ammo ilm olish igna bilan quduq qazishdek gap, - dedi S.Laqayev. - Lekin uning natijasi o‘ziga obro‘, jamiyatga katta foyda. Siz, yoshlar uchun bugun mamlakatimizda zarur sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Faqat bundan samarali foydalanib, ilm egallash uchun marrani baland olsangiz kifoya.
Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Zilola JONIYeVA.