"Al Jazera" telekanali Samarqand haqida film yaratadi

"Al Jazera"ning ushbu tashrifi O‘zbekistonning xalqaro axborot makonidagi mavqeini oshirish, turizm salohiyatini namoyon etish hamda madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamdir.

Shu jihatdan telekanal vakillari Samarqand shahrining boy madaniy merosi, zamonaviy infratuzilmasi va turizm sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.
Telekanal jurnalistlari, avvalo, Registon maydoni, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Hazrati Xizr masjidi hamda boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qildi. Ular bu obidalar haqida hujjatli film tayyorlash rejasida ekanliklarini bildirib, Samarqandning nafaqat musulmon dunyosidagi, balki jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini alohida e’tirof etdi.