Aliment to‘lamaysanmi turmaga?
Rossiya hukumati Davlat dumasiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlovchilarning javobgarligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni so‘rab murojaat jo‘natdi. Endi alimentni to‘liq to‘lamaganlar uch oyga qamaladi yoki axloq tuzatish ishlariga jo‘natiladi. Yoki ular 12 oy ozodlikdan mahkum etilishi mumkin.
Davlat dumasi murojaatni ko‘rib chiqqach, bu kuchga kiradi. Rossiyada 5 milliondan ko‘p yolg‘iz onalar bolalari bilan yashaydi. Ulardan 15-2 milliongacha bola aliment oladi. Ammo bolalariga aliment to‘lamaganlar 150 mlrd. rubl qarzdor bo‘ladi.
Ehtiyot bo‘ling, duxi!
8 millionga yaqin yevropaliklar duxi tarkibiga kiruvchi moddalar allergiyasidan aziyat chekadi. Pardoz-andoz tarkibiga kiruvchi tovarlardan bug‘ilishi ham nafas yo‘llari va teri allergiyasini keltirib chiqaradi.
Yevropada mashhur duxilar kimyoviy tahlili shuni ko‘rsatdiki, ulardagi moddalar miqdori belgilanganidan ancha ko‘p ekan.
Tomorqadagi darmondori
Sarimsoqpiyoz shifo bo‘lmagan xastalik yo‘q. Uning shifobaxsh fitotsendlari o‘n kundan ko‘proq vaqt stafilokkok, strentokko bir bo‘lak sarimsoqdan halok bo‘ladi.
Sarimsoqning vatani Oltoy va Sharqiy Tyan-shan tog‘laridagi Jungariya tekisliklari hisoblanadi. Tomorqa ekini sifatida u shu joydan butun dunyoga tarqalgan. Qadimgi vaqtda sarimsoq insoniyat uchun ozuqa va dori bo‘lgan. Sarimsoqdan yurak faoliyatini yaxshilash, umumiy holatni me’yorlashtirish, ovqat hazm qilishni normallashtirishda foydalanilgan. Shumerlar (eramizgacha 2300 yil)ning sopoldagi 3000 yozmalarda unga shunday tarif berilgan. Sarimsoq piyozi 1922 yilda Tutanxamon dafnasi (eramizgacha 1300 yil) ochilganda ham topilgan. Tarixchilar ushbu o‘simlik dafn marosimi uchun ahamiyatli bo‘lgan, deb hisoblashadi.
Sarimsoq yangi sharbati qon bosimini tushiradi, organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuboradi, yurak qon-tomirlari kasalliklaridan muhofaza qiladi.
«Mir novostey» (2021 yil, 23-son)dan T.Shomurodov tayyorladi.