Amerikada ishlab chiqarilgan barcha tuzlarning uchdan bir qismi yo‘llarni muzlardan tozalash uchun ishlatiladi

🔹 Burgutni cho‘qishga jur’at etadigan yagona qush bu qarg‘a. U burgut ustiga o‘tirib, uni tishlay boshlaydi. Burgut esa qarg‘a bilan janjallashish uchun vaqt va kuch sarflamasdan, qanotlarini yoyib baland uchadi, chunki u biladi: parvoz qanchalik baland bo‘lsa, qarg‘aning nafas olishi qiyinlashadi. Kislorod yetishmasligi qarg‘aning qulashiga olib keladi.

🔹 Barmoqlarni qirsillatish suyaklarga zarar yetkazmaydi va artritni keltirib chiqarmaydi. Chiqadigan tovush shunchaki portlovchi gaz pufakchalari. Ushbu jarayon bo‘g‘imlarni bo‘shashtirib, paylarni rag‘batlantiradi.

🔹 Ertalab ko‘zlarimiz kechqurunga qaraganda yaxshi ko‘radi.

🔹 Shokolad tishlar uchun zararli emas, bundan tashqari u kariyes rivojlanishini sekinlashtiradi. Bu yerda gap tabiiy qora shokolad haqida ketyapti.

🔹 Hindiston o‘rmonlarida mahalliy lahjada “oshqozonni aldash” deb nomlanadigan Kalir-landa nomli o‘simlik o‘sadi. Barglaridagi ozuqaviy moddalar yo‘qligiga qaramasdan 1-2 bargini yegan kishi bir hafta davomida o‘zini to‘q his qiladi.



🔹 Amerikada ishlab chiqarilgan barcha tuzlarning taxminan 1/3 qismi yo‘llarni muzlardan tozalash uchun ishlatiladi.

🔹 Angliyadagi yo‘l quruvchilar plastikdan yo‘llar yasashni boshladilar. Qayta ishlangan plastik asfaltga qaraganda 10 baravar arzon va chidamlidir.

🔹 Polyar oq ayiqlarining juni oppoq bo‘lishiga qaramay terisining rangi qora.

🔹 Yo‘lbars terisining rangi uning juni kabi yo‘l-yo‘l.



🔹 Kiyikning shoxlari to‘xtovsiz o‘sib boradigan saraton o‘smasi. Biroq, kiyik tanasida hujayralar mavjud bo‘lib, ular o‘smaning butun tanaga tarqalishining oldini oladi.

🔹 Qarta dastasi metafizik ma’noga ega: 52 ta qarta – bu yilning 52 haftasi, 4 turi bu fasllar, har turning 13 dona qartasi oy siklining 13 bosqichi. Qartalardagi barcha qiymatni qo‘shsangiz, 365 kunni bilib olasiz.

🔹 Mangostin - dunyodagi eng mazali meva deb e’tirof etildi. Bu nozik qaymoqli shirinlikka o‘xshash oppoq etli desert mevasi.

🔹 Avokado vitamin bombasi hisoblanadi. Avokado muntazam ravishda iste’mol qilgan kishi sog‘lom teri, mustahkam tirnoqlar, ajoyib sochlar va kelishgan qomatga ega bo‘ladi.

Bahora to‘pladi.