Angliya iflos havo iskanjasidan qanday qutulgan edi?
Bundan 70 yil oldin London boshiga hozirgi Toshkentdagi kabi yomon havo sinovi keldi. 1952 yil dekabrda Londonda ob-havo birdaniga sovib ketadi va odamlar odatdagidan ko‘proq ko‘mir yoqib uylarini isitadilar.
Urushdan keyingi Britaniya ko‘miri sifatsiz bo‘lib, tarkibida oltingugurt saqlardi (iqtisodiy sabablarga ko‘ra sifatli ko‘mir eksport qilinardi). Shuningdek, Londonning qator tumanlarida ko‘mir bilan ishlaydigan elektrostansiyalar qurilgan, shaharda tramvaydan voz kechilgani uchun, avtobuslar va avtomobillar ko‘paygan va hokazo.
Natijada havoda oltingugurt oksidi miqdori ortib ketadi. Aksiga olib shamol ham bo‘lmaydi va quyuk smog London osmonida naqd to‘rt kun (4—9 dekabr) saqlanib turadi. Tumanli Albion aholisi avvaliga buni oddiy tuman deb qabul qiladi. Biroq ko‘chalarda harakatlanish qiyinlashdi, smog uylarning ichigacha kirib bordi, teatrlar tomoshalarni to‘xtatdi (sahna ko‘rinmay qoldi), hatto tez yordam mashinalari yurolmadi va bemorlar o‘zi kasalxonaga kelishga majbur bo‘ldi... Juma kuni boshlangan smog seshanba kuni tarqadi.
Endi hammasi ortda qoldi deyishganida tibbiyot statistikasi jiddiy holatni namoyon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, shu 4 kunda respirator kasalliklardan 4 ming kishi o‘lgan. Ularning aksari yosh bolalar va keksalar edi.
Oradan 2 oy o‘tgach podpolkovnik Lipton Parlamentda nutq so‘zlab, smog 6 ming kishining umriga zomin bo‘lganini aytdi. Keyinchalik tibbiy tekshiruvlar takomillashgach, “Buyuk smog” 12 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgani oydinlashdi. Shuningdek, aholining umumiy sog‘lig‘ida jiddiy iz qoldi. Smog kunlari Londonda bo‘lgan va bo‘lmagan 1 yoshgacha bolalarning keyingi ahvoli solishtirilganida, Londondagi chaqaloqlarning astmaga chalinish holatlari 8 marta ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.
Marhumlar soni tiriklarni o‘ylantirib qo‘ydi va ma’lum xulosalarga olib keldi. Avvalo odamlar atrof-muhit, xususan, toza havoning insonlar salomatligiga naqadar bog‘liqligini anglashdi.
Hukumat yangi ekologik standartlarni qabul qilib, sifatsiz yoqilg‘idan foydalanishni chekladi, tarkibida oltingugurt bo‘lgan yoqilg‘ilarga umuman taqiq qo‘ydi. 1952 yildan boshlab ekologik qonunlar qabul qilina boshladi. Xususan, London Siti qonuni (1954), “Toza havo to‘g‘risida”gi qonun (1956) qabul qilindi. Uy egalariga ko‘mirdan ko‘ra gazdan foydalanishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar ishlab chiqildi.
Londonda 70 yillar oldin bo‘lgan ushbu hodisalarda bizning hozirgi ahvolimizga o‘xshash jihatlar ko‘pligini sezgan bo‘lsangiz kerak.
Xo‘sh, biz qanday xulosa chiqaramiz? Qonun chiqaruvchilar, ijro hokimiyatidan tortib oddiy fuqarogacha nimani o‘zgartira olamiz? Masala shunda.
Bizda havoning hozirgi holati odamlar sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilgani to‘g‘risida statistik ma’lumotar yo‘q, bu borada ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazilyaptimi va o‘tkazilayotgan bo‘lsa, natijalari qanday, degan savolga ham javob yo‘q, hozircha. Ya’ni miqyosni bilmaymiz, zararni aniq baholay olmaymiz. Biroq iflos havo zararli ekanini isbotlash ham shart emas.
So‘nggi paytlarda yo‘tal bezovta qilayotgan, kasal bo‘layotgan va undan uzoq vaqt tuzala olmayotgan odamlarni ko‘p uchratyapmiz. O‘zim ham umrimda alllergiya nima ekanini bilmas edim, so‘nggi yillarda surunkali yo‘tal bilan kurashib kelmoqdaman. Shifokorlar ham bunday shikoyatlar bilan murojaat qilayotgan bemorlar ko‘payganini aytishmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga “ekologik huquqlar” degan tushuncha kiritildi. Avval “ekologik huquq” tushunchasi yo‘q edi. Xususan, 49-moddada shunday deyilgan: Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi.
Endilikda, ushbu huquqni ta’minlash choralarini ko‘rish kerak.
Shu kunlarda qonunchilik tashabbusiga ega sub’yektlar, xususan, ekopartiyamiz va faol deputatlarimiz, tashabbuslar bilan chiqishlari lozim. Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar mavjud vaziyat va yangi chaqiriqlarni inobatga olgan holda zudlik bilan takliflar berishlari kerak (balki bu jarayonlar allaqachon boshlanib ketgandir, unda yaxshi). Aminmanki, barqaror energiyata’minot va ekologiya muhofazasi o‘rtasida muvozanatni topish mumkin. Muqobil energiya, zamonaviy yondashuvlar va hokazo butun dunyo qo‘llayotgan usullar bor-ku.
Oddiy odam sifatida har birimiz energiyani ortiqcha isrof qilish nafaqat hamyonga, balki (asosiysi) sog‘liqqa zarar ekanini tushungan holda, kundalik turmush tarzi va energiya iste’molimizni tanqidiy ko‘rib chiqishimiz lozim.
Energiyami yoki ekologiya degan dilemma hozircha yo‘q. Qalovini topsa, qor ham yonadi. Ham sovqotmaslik va ham toza havodan nafas olishni ta’minlash mumkin. Tartiblarni bir ko‘rib, tuzatib chiqish va ularga amal qilishimiz kerak. Iflos havoda kasal bo‘lmasligimiz uchun, bolalarimiz, avlodlar sog‘ligi uchun.
Shahnoza Soatova (feysbuk).