Infografika: 2025 yildagi eng muhim ish ko‘nikmalari

Mehnat bozori jadal rivojlanib borishi asnosida ish beruvchilar qadrlaydigan malaka va ko‘nikmalarga ham talab o‘zgarib bormoqda. Avtomatlashtirish, sun’iy intellekt va masofaviy ishlash bugungi kunda odamlarning ishlash uslubini o‘zgartirar ekan, kompaniyalar moslashuvchan va muvaffaqiyatga erisha oladigan mutaxassislarni izlab topmoqda.
Yuqoridagi infografikada Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF)ning “2025: ish o‘rinlari kelajagi” hisoboti ma’lumotlari asosida eng muhim ish ko‘nikmalari ajratib ko‘rsatilgan. Ushbu reyting 14,1 milliondan ortiq kishi ishlaydigan xalqaro kompaniyalarning 1043 ta sharhi asosida tuzilgan.
Ro‘yxatning boshida ish beruvchilarning 69 foizi "asosiy malaka" deb ta’kidlaydigan analitik (tahliliy) fikrlash qobiliyati joylashgan. Ushbu ko‘nikma murakkab muammolarni hal qila oladigan, ma’lumotlarni sharhlay oladigan va mujmal sharoitda ongli qarorlar qabul qila oladigan odamlarga talab ortib borayotganidan dalolat beradi.
Raqamli transformatsiyaning o‘sib borishi munosabati bilan ish beruvchilar ustunlikni kognitiv (bilib olish, o‘rganish va axborotni qayta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan aqliy jarayonlar) qobiliyatli va tanqidiy yondashadigan xodimga berishmoqda.
Moslashuvchanlik, ko‘p qirralilik va o‘zgarishlarga moyillik qobiliyati analitik fikrlashdan pastgi qatorda (67 foiz) turadi. Yetakchilik va ijtimoiy ta’sir (61 foiz) uchinchi, ijodiy fikrlash (57 foiz) to‘rtinchi, motivatsiya va o‘z-o‘zini anglash (52 foiz) beshinchi pog‘onada bo‘lib, kuchli beshlikni yakunlaydi.
Texnologik savodxonlik (51 foiz), qiziquvchanlik va uzluksiz o‘rganib borish (50 foiz) tez o‘zgaruvchan dunyodagi o‘zgarishlarga moslashishga tayyorligi haqida gapiradi.
Sun’iy intellekt va maxsus texnologiyalar yordamida qayta ishlanadigan katta hajmdagi ma’lumotlar (45 foiz) ham raqamli asrga o‘tishga da’vogarlik qilib, ro‘yxatning birinchi yarmiga kirdi. Shu bilan birga, o‘qish, yozish va matematika kabi an’anaviy ko‘nikmalar (21 foiz) ancha pastroqdan joy olib, odamlarning texnologik imkoniyatlari ortib borish ahamiyatini aks ettiradi.