AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekistonga kelmoqda
28 fevral kuni Davlat kotibi dastavval Qozog‘istonning Ostona shahriga tashrif buyuradi.
U yerda C5+1 formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Qozog‘istondagi uchrashuvlardan so‘ng Blinken mamlakatimizga keladi.
Toshkentda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar bo‘yicha sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashadi.
1 mart kuni Davlat kotibi Nyu-Dehliga jo‘nab ketadi va Hindistonda G20 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida qatnashadi.