Ardog‘imizdasiz, ustozlar!
Tadbirda uzoq yillardan buyon bojxona tizimida ishlab kelayotgan tajribali ustoz xodimlar hamda ularning shogirdlari - yosh bojxonachilar ishtirok etdi.
– O‘qituvchi, murabbiy, ustoz... Oddiygina bu so‘zlar zamirida shunchalik katta ma’no va mazmun borki, ta’riflashga til ojiz, – dedi tadbirda ishtirok etgan viloyat axborot kutubxona markazi kutubxonachisi M.Rahmatova.
– Bugungi tadbirda bojxona tizimida faoliyat yuritayotgan faxriy va yosh xodimlarning bir-birlariga mehr-muhabbati e’tirofga loyiq. Shuningdek, ustoz ham, murabbiy ham kitob o‘qib kamol topgan. Zero, kitob insonni ezgulikka yetaklaydi. Demoqchimanki, viloyat bojxona boshqarmasida xodimlarni intellektual ehtiyojlarini qondirish hamda mustaqil bilim olishlarini ta’minlash maqsadida kutubxona tashkil etganmiz. Kutubxona fondidan badiiy, tarixiy, siyosiy, huquqiy, xotira, xizmat faoliyatiga oid jami 300 yaqin adabiyotlar va 500 dan ziyod elektron kitoblar joy egallagan. Bugungi tadbirda shogirdlarning ustozlariga kitoblar sovg‘a qilgani yanada ibratli bo‘ldi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati