Argentina va Chili chegarasida 500 yoshli “qizcha” topildi
Siz suratda ko‘rib turgan g‘aroyib “qizcha” 1999 yilda Argentina va Chili davlatlari chegarasida, dengiz sathidan 6739 metr balandlikdagi Lyulyaylyako vulqoni qiyaligidan topilgan.
Ushbu hindularning ink qabilasidan bo‘lgan 14-15 yoshli qizchani 500 yillar avval diniy marosimda qurbon qilishgan. Qizcha asrlar davomida, 6 ming metr balandlikdagi muzlik qa’rida yotgan bo‘lsa-da, uning tanasi juda yaxshi holatda saqlangan. Uning yonidan yana ikki nafar muzlatilgan - 7 yoshli bolakay va 6 yoshli qizchaning jasadlari ham topilgan.
Olimlar ularning to‘qimalaridagi oqsillar tarkibini tekshirib ko‘rishdi. Tahlillar qizchada sil kasalligiga o‘xshash bakterial o‘pka infeksiyasi borligini ko‘rsatdi. Bu kabi infeksiya birinchi marta bundan ham ilgari topilgan mumiyolarda bor bo‘lgan.
Uch nafar bu bolalarning yonidan, shuningdek, oltin, kumush, kiyim-kechaklarning topilgani ularning diniy marosimlarda qurbonlik qilinganidan guvohlik beradi.