Armiyasi yo‘q davlatlar

Hozirda har qanday davlatni o‘z qurolli kuchlarisiz tasavvur qilishi qiyin. Aniqlanishicha, dunyoda ularning tinch osmonini tajovuzkorlardan himoya qilishi kerak bo‘lgan armiyasi bo‘lmagan davlatlar bor va taxmin qilganimizdek, ularning aksariyati mitti davlatlardir. Ularning ba’zilari haqida albatta eshitganmiz, boshqalari haqida esa quyida bilib olamiz.

Kosta-Rika
Lotin Amerikadagi 5 milliondan sal ko‘proq aholisi bo‘lgan mitti Kosta-Rika ikki xususiyati – butun Amerikadagi yagona neytral davlat bo‘lganligi va mamlakatda umuman armiyasi yo‘qligi bilan mashhur. 1948 yilgacha qurolli kuchlarga ega davlatda og‘ir fuqarolar urushi tugagach, respublika prezidenti butun armiyani tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi va hatto shaxsan o‘zi qo‘shinlar joylashtirilgan kazarma devorining bir qismini buzib tashladi.

Endilikda Kosta-Rikada qonunlarning bajarilishi, xavfsizlik nazorati va hududni patrullash ishlarini faqat politsiya bajaradi. Tashqi hujumlardan himoyalanish urush tugagan 1947 yilda imzolangan Amerikalararo o‘zaro yordam shartnomasi bilan kafolatlangan. Unga ko‘ra, davlatga bosqinchilik sodir bo‘lsa, o‘sha shartnomani imzo qilgan qo‘shni davlatlar mamlakatga yordamga keladi.

Andorra

Маленькая, словно сказочная Андорра, как меж двух гор зажата между двумя странами/ © skisport.ru

Kichik hududiga qaramay 1914 yilda 10 kishidan iborat armiyasi bo‘lgan bu mitti, juda mustaqil davlat boshqa davlatlar qatori Germaniyaga urush e’lon qildi. Keyinchalik armiyasi 240 askargacha o‘sdi, lekin 60 000 aholi uchun bu juda ko‘p edi. 1931 yilda harbiylashtirilgan jamoa hozirgi kungacha faoliyat ko‘rsatib keladigan Andorra politsiyasiga aylantirildi.
Shunga qaramay, Andorraning har qanday urushda uchta – o‘zi bilan chegaradosh Fransiya va Ispaniya va albatta maxsus kelishuvga ega NATO bloki kabi himoyachilari bor.

Lixtenshteyn

Эта красота не нуждается в охране – кому может придти в голову мысль напасть на нее?/ © funtour.am

Bu Yevropa davlati XIX asrda Avstriya-Prussiya urushidan keyin o‘z armiyasidan voz kechdi. Uzoqni ko‘ra bilgan knyaz qurolli kuchlarni saqlash xazina uchun juda qimmatga tushadi, deb hisobladi va o‘z farmoni bilan butun armiyani ishdan bo‘shatdi. O‘shandan beri Lixtenshteynda milliy politsiya kuchlaridan boshqa hech qanday harbiy yo‘q.
Shunisi e’tiborga loyiqki, ayni paytda mamlakatda tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha boshqa davlat bilan hech qanday kelishuv mavjud emas. Ko‘rinishidan, davlat fuqarolarining ongi va umumiy safarbarligiga tayanadi. Yoki qo‘shni Shveysariyaning yordamiga ishonayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Vatikan

Ватикан/ © wikiway.com

Dunyodagi eng mitti davlatning ham, kutilganidek, o‘z armiyas yo‘q. Lekin har doim ham shunday bo‘lmagan. XX asrda Vatikanda ikkita harbiy guruh mavjud bo‘lib, ular tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda mamlakat va Papani himoya qilishga chaqirilgan.
Ushbu tuzilmalar Dvoryanlar (70 kishi) va Palatin gvardiyasi (340 kishi) deb nomlangan. 1970 yilda Papa Pol-VI faqat Shveysariya gvardiya korpusini qoldirib, ikkala guruhni ham tugatdi. Aynan u jandarmeriya bilan birgalikda mamlakatni himoya qiladi. To‘g‘risi, Vatikan armiyasining barcha asosiy vazifalari tantanali marosimlardagi funksiyalarni bajarishga qaratilgan va uni hatto to‘liq harbiy qism deb atab bo‘lmaydi. Jiddiy bosqin yoki urush xavfi tug‘ilsa, Vatikanga Italiya yordamga keladi, negaki bu hududni himoya qilish uchun faqat shu davlat javobgar.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.