Artur Eddington, Volter, Fransua Rable,Motsart… - buyuklar hayotidan lavhalar
Bir kuni ingliz astronomi Artur Eddingtonga: "Janob, siz Eynshteynning nisbiylik nazariyasini tushunadigan dunyodagi uchta odamdan biri ekanligingiz rostmi?", deb savol beribdi. Sukunat hukm suribdi - olim javob berishga qiynaldi chog‘i...
Savol beruvchi vaziyatni yumshatishga shoshildi:
- Janob, ehtimol men noto‘g‘ri gapirib qo‘ygandirman? Aftidan... janob... siz, o‘z kamtarligingiz bilan mening savolimni nojo‘yadeb hisoblashingizni taxmin qilishim kerak...Unday bo‘lsa, ser, agar ruxsat bersangiz...
- Hyechqisi yo‘q, xijolat bo‘lmang, — Eddington muloyimlik bilan uning gapini bo‘ldi, — men uchinchi odam kim ekan, deb eslashga urinib ko‘rdim.
Fransuz yozuvchisi va faylasufi Volterning sog‘lom bo‘lgan kunlarida kechqurunlari vaqtini birga o‘tkazadigan shifokor do‘sti bor edi. Lekin u betob bo‘lishi bilanoq darhol shifokorga xat yozardi: “Muhtaram doktor! Iltimos, bugun kelib o‘tirmang: men betobman."
Kunlarning birida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan fransuz satiriki Fransua Rable(1494-1553) Liondan Parijga qaytishi kerak edi.Tushkunlikka tushib, “yo‘q narsani kutib o‘tirish”Rablening tabiatiga xos emas edi. Shuning u Parijga borish rejasini tuzdi va uchta qog‘oz qopchaga shakar solib, ustiga “Qirol uchun zahar”, “Qirolicha uchun zahar”, “Shahzoda uchun zahar” deb yozib, ularni ko‘rinadigan joyga qo‘ydi.
Xonani tozalagan myehmonxona xizmatchisi buyozuvlarni o‘qib darhol xo‘jayiniga xabar berdi. U qo‘riqchilarni chaqirdi. Rable qo‘lga olindi vakuzatuv ostida Parijga yuborildi. Prokuror oldiga kelib, u o‘z nayrangini tan olishga shoshildi, qonun qo‘riqchisi hushini yig‘ib olgunga qadar yozuvchi “zahar”larni yutib yubordi.
Nazariy fizik, Nobel mukofoti laureati Maks Born doktorlik darajasi uchun imtihon sifatida astronomiyani tanladi. Imtihonga kelganida,akademik Shvarsshild undan so‘radi:
- Uchar yulduzni ko‘rib qolsangiz, nima qilasiz?
Bunday savolga “Harakatning vaqti va yo‘nalishi, yorug‘lik trayektoriyasining uzunligini o‘lchab,shundan keyin taxminiy trayektoriyani aniqlab olardim”, deb javob berishi kerak bo‘lgan Born o‘zini to‘xtata olmasdan:
- Tilak tilagan bo‘lardim, - deb javob berdi.
O‘qituvchi buyuk yunon matematigi Evkliddan so‘radi: “Ikkita butun olmami, yoki to‘rtta yarim olma, qaysisini afzal ko‘rasan?
- Albatta, to‘rtta yarim olmanida.
- Nega? — deb so‘radi o‘qituvchi. Ikkovi ham bitta narsa emasmi?
– Yo‘q, umuman bitta emas, - javob berdi bo‘lajak matematik, - ikkita butun olmani tanlab, ularniqurt yegan yoki yemagan ekanligini qanday bilib olaman?
Kunlarning birida mashhur nemis shifokori E.Xeymni zudlik bilan kasalxonaga chaqirishdi: u davolayotgan og‘ir bemor hushini yo‘qotib, o‘limtalvasasida edi. Kasalxonaga kelgan Xeym shoshilinch choralar ko‘rdi, o‘ziga kela boshlagan bemor ko‘zlarini ochdi va atrofida o‘ralgan shifokorlar va hamshiralarga qarab, Xeymdan so‘radi:
- Bu ahmoqlar qayerdan keldi?
Bemor uyg‘onganidan juda xursand bo‘lgan Xeym hamkasblariga o‘girildi va g‘olibona dedi:
- Ko‘rdingizmi, janoblar, u sizlarni tanidi!
Bir yigit Mosartdan simfoniyalar qanday yozilishi haqida so‘radi.
- Siz hali juda yoshsiz, - javob berdi Mosart, - balladalardan boshlasangiz yaxshi bo‘lardi.
- Lekin siz atigi to‘qqiz yoshingizda simfoniya yozgansiz...
- To‘g‘ri, - tasdiqladi Mosart, - lekin men buni qanday qilishni hech kimdan so‘ramaganman.
Qadimgi Rim siyosatchisi va yozuvchisi, illatlar va hashamatga qarshi konservativ kurashchi sifatida tanilgan Katonga uning ashaddiy tarafdorlaridan biri:
- Rimda hali sizga haykal o‘rnatilmaganligi juda g‘azablanarli! Bu bilan o‘zim shug‘ullanishim kerak, - dedi.
- Qo‘yaqol, - javob berdi Katon, - men odamlarning “Nega o‘zi Katonga haykal qo‘yilgan?” degan savolidan ko‘ra: “Nega Katonning haykali yo‘q?”deb aytishni afzal ko‘raman.
Avstriyalik kompozitor Yozef Gaydnning o‘rtamiyona qobiliyatli bastakorlar orasida ko‘plab hasadgo‘ylari bor edi. Ulardan biri ittifoqchi sifatida buyuk bastakor Mosartni yollashga qaror qildi. U Motsartni Gaydn kvarteti ijro etiladigan konsyertga taklif qildi va ijropaytida g‘azab bilan Mosartga dedi:
- Men hech qachon bunday yozmagan bo‘lardim.
- Men ham, - javob qildi Mosart, - nima uchunligini bilasizmi? Negaki, bu jozibaliohanglar hech qachon na sizning, na mening boshimizga kelmagan bo‘lardi.
B.Muhammadiyeva to‘pladi