Askarlar qasamyod qildi
- 10.03.2018 15:41
- 52
- Jamiyat
Unda so‘zga chiqqan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari O.Rahmonov, harbiy qism boshlig‘i A.Anvarov va boshqalar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchi va askarlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi.

– Bu kun hayotimda unutilmas lahzaga aylandi, – deydi oddiy askar Suhrob Baxtiyorov. – Chunki harbiy qasamyod qabul qilish katta sharaf va mas’uliyatdir. Qasamyodimga sodiq bo‘lib, Vatanimiz tinchligini asrash yo‘lida sidqidildan xizmat qilaman.
Marosim yakunida harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
G‘olib ABDUSALOMOV,
Baxtiyor MUSTANOV (foto).
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Ota bo‘lish osonmas…
- Kecha, 20:40
- Mutolaa