Asrlar qa’ridan boqqan Navoiy

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlab «Asrlar qa’ridan boqqan Navoiy» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va tuman hokimligi, shuningdek, mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan Navoiyning ruboiy, g‘azallaridan namunalar o‘qildi, dostonlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Sunnat JO‘RAYEV.